Kun.uz Yunusobodda tumanining Obod mahallasida bölib, xalq tilida “Toşturma” deb atalgan 1-sonli tergov hibsxonasining örnini közdan keçirdi. Agar rasmiylar hukumatning hujjatlaştirilgan topşiriğiga mas’uliyatliroq yondaşganida, taşlandiq holda yotgan bu 3 gektar joy bugun sölim xiyobon bölgan bölardi.
Xabaringiz bölsa, bu hibsxona bir neça yil oldin Zangiota tumaniga köçirilgan, undan qolgan binolar esa hukumat farmoyişi asosida buzib taşlangan. Öşa farmoyişga asosan, poytaxt hokimligi bu yerni obodonlaştirib, xiyobonga aylantirişi kerak edi. Amalda nima bölganini esa, videolavhamizda körişingiz mumkin: oradan 7 yil ötsa hamki, xiyobondan darak yöq.
Yaqinda senator Sayyora Abdukarimova nega bu topşiriq haliyam bajarilmayapti degan savol bilan, Toşkent şahar hokimligiga sörov yuborgan edi. Hokimlikning bu sörovga javobidan ma’lum bölişiça, “xiyobon böladi” deyilgan joy allaqaçon xususiy tadbirkorga berib yuborilgan ekan.
Voqealar rivoji quyidagiça: 2017 yil oxirida “Toşturma” Zangiotaga köçirilganidan keyin, 2018 yil aprel oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyişi çiqqan. Bu farmoyişga asosan, poytaxt hokimligi bu yerdagi binolarni buzib, örnini obodonlaştirişi va odamlarga xiyobon qilib berişi kerak edi. Lekin hokimiyat berilgan topşiriqni çala bajargan: öşa yili tergov izolyatori binolari buzib taşlangan, lekin xiyobon taşkil qiliş vazifasi qoğozda qolib ketgan.

2018 yil Toşkent şahri tarixida alohida örin tutadi: öşa yili bahorda poytaxtga tadbirkor Jahongir Ortiqxöjayev hokim etib tayinlangan va unga köpdan köp eksklyuziv vakolatlar berilgan edi. U 2020 yilda Yunusobod Business City qurilişi uçun yeri olib qöyilgan tadbirkorlardan biriga kompensatsiya tariqasida ayni mana şu 3 gektarlik hududni ajratib bergan.
“Ogneupor” nomli uşbu MÇJ yonğinga çidamli mahsulotlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Kompaniya rahbarining aytişiça, ular avvaliga öz faoliyatini yangi joyda ham davom ettiriş uçun bu yerda sanoat korxonasi qurmoqçi bölişgan. Lekin atrofda aholi uylari köpligi sababli, bu fikrdan voz keçib, mehmonxona yoki köp qavatli uylar qurişga qaror qilişgan. Ularning bu rejasini amalga oşirişga Toşkent şahrining ötgan yili tasdiqlangan boş rejasi tösiq bölyapti.
Gap şundaki, tadbirkorning yerga nisbatan hamma hujjatlari joyida, lekin boş rejada bu hudud konservatsiya zonasi sifatida körsatilgan. Konservatsiya zonalarida esa yangi qurilişlar qiliş taqiqlangan. Şu sababli tadbirkor qurilişga ruxsat oliş uçun yagona darça orqali yöllagan murojaatlariga rad javoblarini olgan.
Bizningça, agar rasmiylar özlari bergan va’daga vafo qilişsa, tadbirkorni rozi qilib, unga boşqa joydan yer bergan holda, sobiq Toşturmaning örnida hukumat farmoyişida yozilganidek xiyobon barpo etişsa, har tomonlama töğri yeçim bölgan bölardi.
Hozirgi vaziyatda tadbirkor ham bu yerda heç narsa qura olmayapti, aholi ham dam oliş maskanidan quruq qolyapti. Na aholi, na tadbirkor foyda körmayaptimi, demak mavjud vaziyat davlatning ham foydasiga işlayotgani yöq.











