«Vaqti keldi» - Xitoy KXDR bo‘yicha bayonot berdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining ma’lum qilishicha, Koreya yarim oroli yadro muammosiga yechim topish bo‘yicha masalani hal qilish vaqti keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hozirda barcha tomonlar uchun samimiylikni tekshirish vaqti keldi. Xalqaro hamjamiyat kim Koreya yarim oroli yadro muammosiga yechim topishga haqiqatdan ham ko‘mak ko‘rsatayotgani, kimlar esa vaziyatni yanada keskinlashtirayotganini ko‘rib chiqishi lozim», - deya aytib o‘tdi u.
Van Ining so‘zlariga ko‘ra, vaziyat faqatgina jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlarning sa’y-harakati tufayli yengillashtirilgan bo‘lib, bunda Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya tomoni alohida faol o‘rin tutdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson KXDR AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida mojaro yuzaga keltirmoqchi ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024