Sport | 15:15 / 18.01.2018
3974
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin Australian Open musobaqasidagi ishtirokini yakunladi

Foto: tennismatchestoday

Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open turniri davom etmoqda.

Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchrab musobaqani erta tark etgan Denis Istomin bu safar juftlik bahslarida kortga chiqdi.

Qozog‘istonlik Mixail Kukushkin bilan juftlikda turnir mezbonlari Sem Grot va Lleyton Hyuitt juftligiga qarshi kortga chiqdi. 1 soat-u 10 daqiqa davom etgan uchrashuvda ikki setda 3:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Istomin-Kukushkin juftligi musobaqa bilan birinchi davradayoq xayrlashishga majbur bo‘ldi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid