Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Hindiston 5 marta Agni-V qit'alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda The Times Of India nashri xabar bermoqda.
Raketa 18 yanvarda Hindiston yarimorolining sharqiy sohilidagi Abdul-Qalam orolidan uchirilgan. Sinov tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Uch pog‘onali raketa 5 ming km.dan ko‘proq masofaga yadroviy jangovar zaryadni tashishga qodir. Bu raketa Xitoyning shimoliy hududlarigacha yeta oladi. Raketaning bo‘yi 17 metrni, og‘irligi 50 tonnani tashkil qiladi.
Raketaning avvalgi sinovlari 2012 yil aprelda, 2013 yil sentabrda, 2015 yil yanvarda va 2016 yil dekabrda o‘tkazilgan.
Hindiston raketaning yana bir nechta sinovini o‘tkazmoqchi. Ushbu qurolning hind armiyasida joriy qilinishi Hindistonni AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniyadan keyin o‘z ixtiyorida 5 ming km.dan uzoqroqqa ucha oladigan ballistik raketalarga ega 6-davlatga (yoki Shimoliy Koreyani hisobga olgan holda 7-davlatga) aylantiradi.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026