Jamiyat | 11:40 / 18.01.2018
15895
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda bir ayol boshqasini pichoqladi

Qashqadaryoda ayol kishi boshqa bir ayolni pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lumot bo‘lishicha, viloyatning G‘uzor tumanida 14 yanvar soat 23:00 larda Mehnatobod MFY Zangtepa qishlog‘idagi yashovchi, uy bekasi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.X. uyida o‘zaro janjal oqibatida Yarg‘unchi MFY Yarg‘unchi qishlog‘idagi yashovchi, 1990 yilda tavallud topgan Sh.N.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha hozirda O‘zbekiston JKning qaysi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ochiqlanmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid