Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Boris Berezovskiyning xavfsizlik xizmati sobiq rahbari hibsga olindi
Moskva shahrining Lefortovo sudi Sergey Sokolovni hibsga olish haqida qaror chiqardi. U «Atoll-1» xususiy qo‘riqlash korxonasi sobiq rahbari, marhum milliarder va siyosatchi Boris Berezovskiyning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan. Bu haqda «Interfaks» sud matbuot kotibi Yekaterina Krasnovaga tayangan holda xabar bermoqda.
«Tergovchining talabi bilan sud tomonidan Sokolovga nisbatan ikki oylik muddatga, ya'ni 16 martga qadar qamoqqa olish to‘g‘risida ehtiyot chorasi qo‘llanildi», - deya aytib o‘tdi Krasnova.
Sokolov Moskvada 16 yanvar kuni qo‘lga olingan. U va uning ehtimoliy sheriklari Rossiya JKning 222-moddasi 2-qismi, 222.1-moddasi 2-qismida (qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarning noqonuniy aylanmasi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda.
Mavzuga oid
11:20
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026