O‘zbekiston | 16:52 / 19.01.2018
7799
2 daqiqa o‘qiladi

Tannarxdan past eksport: soliq solinadigan daromad qanday aniqlanadi?

Foto: 123RF

3.01.2018 yildagi O‘RQ–456-son Qonun bilan Soliq kodeksining 130, 204 va 355-moddalariga qo‘shimchalar kiritildi.  

Norma.uz’ning yozishicha, tuzatishlar prezidentning 21.06.2017 yilda qabul qilingan PQ–3077-son qaroridan kelib chiqadi. Gap shundaki, 1.07.2017 yildan boshlab o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutaga eksport qilishda soliq solinadigan daromadni aniqlashning alohida tartibi joriy etildi. Bu holda tovarlarni ularning tannarxidan past narxlar bo‘yicha sotishdan olingan tushum bitimning haqiqiy (ya'ni tannarxdan past) narxidan kelib chiqib aniqlanadi. Buni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va yagona soliq to‘loviga nisbatan qo‘llash mumkin.

Shuni eslatib o‘tish joizki, ichki bozorda uncha foyda keltirmaydigan holat shakllangan. Tovarlarni tannarxidan past narxlarda yoki olish narxida O‘zbekistonda realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning soliq solinadigan daromadi tovar tannarxi yoki uni olish narxidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. Shu tariqa, eksportchilarda afzallik bor.

Izohlar.

Davlat muayyan mahsulotlarning eksport narxlari quyi chegarasini belgilashi mumkin. Masalan, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari va uzum narxlari.

Tovarlarni tannarxidan past narxlar bo‘yicha eksport qilish prezidentning 26.03.2012 yildagi PQ–1731-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida amalga oshiriladi. Mazkur komissiya Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqadi hamda o‘z takliflarini Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Qonun 5.01.2018 yildan kuchga kirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid