Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 37 mln so‘mlik qo‘ylar o‘g‘irlab ketildi
Toshkent viloyati IIB tezkor guruhi Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi Q.N.ga tegishli 37 mln so‘mlik 37 bosh qo‘yning o‘g‘irlab ketilishi bilan bog‘liq o‘g‘rilik jinoyatini fosh etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda IIB matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida 2018 yil 15 yanvar kuni soat 13:00 atrofida Zangiota tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan R.R., Toshkent tumanida yashovchi,1977 yilda tug‘ilgan A.A., Toshkent tumani, Qizg‘aldoq MFYda joylashgan dala maydonidan qarovsiz holda yurganligi va atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib 37 bosh qo‘yni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringani aniqlangan.
O‘tkazilgan tadbir natijasida jinoyatchilar ushlangan. Daliliy ashyo sifatida 5 bosh qo‘y olingan.
Tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondorlar ehtiyot chorasi sifatida ushlab turilibdi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
10:37 / 07.07.2026