Toshkentda yirik o‘g‘rilik fosh etildi
2018 yilning 7 yanvar kuni taxminan soat 02:00larda noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, fuqaro B.B.ning xonadoniga devordan oshib tushish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bahosi 14.800.000 so‘m bo‘lgan “Lifan-250” rusumli mototsikli hamda bahosi 3.700.000 so‘m bo‘lgan avtomashina yuvish uskunasini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni R.A. va A.O. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
07:28 / 30.08.2024
Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qismi ochildi
18:20 / 24.08.2024