Jahon | 19:30 / 19.01.2018
11943
2 daqiqa o‘qiladi

Urush tufayli 1,3 million iroqlik bolalar uyini tark etgan

Foto: Foto: Felipe Dana-AP/Shutterstock

Iroqda IShID guruhiga qarshi uch yil davom etgan kurashlar davrida yashash joyidan majbur ko‘chirilgan 2,6 million Iroq aholisining deyarli yarmi bolalar bo‘lgani e'lon qilindi. Juma kuni BMTning Jyenevadagi qarorgohida mazkur bolalar sog‘lom rivojlanishi uchun hanuzgacha yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lmagani ta'kidlandi.

O‘tgan oy rasmiy Bag‘dod IShID guruhi ustidan qozongan g‘alabasi haqida rasmiy xabarni e'lon qilgandi. Shunga qaramay, UNICEF mutaxassislarining aytishicha, deyarli uch yildan ortiq vaqt mobaynida davom etgan kurashlar iroqlik bolalar uchun o‘z uyida sog‘lom rivojlanish imkoniyatini batamom yo‘q qilgan.

Pentagon ma'lumotiga ko‘ra, Suriya va Iroqda IShIDning 3 ming nafarga yaqin jangarisi qolgan — bu esa 2015 yildagiga qaraganda 10 barobar kam, bir yil oldin IShID o‘z hududlarini kengaytirish uchun chor tarafga qarab hujum qilib borayotgandi. Jangarilarning ko‘pchiligi o‘ldirildi (AQSh ma'lumotlariga ko‘ra, 60-70 ming nafar atrofida terrorchi o‘ldirilgan), yana ko‘pchilik vataniga qaytib ketgan. Jangarilar Turkiya orqali Yevropaga qaytishdi va terrorchilik faoliyatini davom ettirishdi. Shu tariqa, IShID «Al-Qoida» kabi muayyan markazsiz terrorchilik tarmog‘iga aylandi.

Mavzuga oid