Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada muzlarida AQShning eng yangi harbiy kemasi qolib ketdi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining eng yangi USS Little Rock harbiy kemasi o‘zining 2017 yil 20 dekabrdan davom etayotgan ilk suzishini rejaga ko‘ra yakunlay olmaydigan bo‘ldi.
Kema o‘zi biriktirilgan Floridadagi portga qaytayotganda Kanadaning Monreal shahrida to‘xtashni amalga oshirgan va kuchli sovuqlar sababli muzda qolib ketgan. Portda kemani shatakka olish uchun yetarlicha shatakchilar bo‘lmagan sababli kema havo yaxshilanmaguncha keyingi manzili – Galifaks portiga yaqin orada yeta olmaydi.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining jamoatchilik aloqalari bo‘yicha vakili Kortni Xillsonning aytishicha, Monrealda ob-havo odatdagidan sovuqroq va “yilning bu payti uchun rekord natijaga yaqin bo‘lmoqda”.
2017 yil dekabrda foydalanishga kiritilgan kema 20 dekabrda AQShning Baffalo portidan 50 kishidan iborat ekipaj bilan dengizga chiqqan. Little Rock kemasi Freedom sinfiga qarashli bo‘lib, Tinch okeani halqasi atrofidagi sayozlikda nazorat olib borish, minalar, shovqinsiz yuruvchi suv osti va suv usti kemalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.