Soqoli olinmagan kollej talabasi huquqbuzar sifatida jazoga tortildi
17 yanvar kuni, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari tomonidan, o‘quv muassasalariga o‘quvchilar tomonidan ruxsat etilmagan buyumlarni olib kirishlarini oldini olish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan Informatika kasb-hunar kollejida “Davomat” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar beradi.
Mazkur o‘tkazilgan tadbir davomida muassasaga kirish joyida ushbu kollejning 3-bosqich talabasi, 1999 yilda tug‘ilgan X. J. o‘quv muassasasiga belgilanmagan ko‘rinishda (soqoli olinmagan, sport kiyimida) kirmoqchi bo‘lganligi sababli unga tanbeh berilgan, biroq u Ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan.
Ushbu kollejning rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbat davomida X.J. salbiy tarafdan tavsiflanganligi uchun uning ota-onasi, qarindoshlari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Mazkur holat yuzasidan X.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194 moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Kun.uz bu mavzuni atroflicha o‘rganish maqsadida yana qaytadi.
Mavzuga oid
14:51 / 19.06.2024
Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi
13:41 / 05.06.2024
Abituriyentlar uchun qabul boshlandi – bu safar faqat OTMga emas, kollej, texnikumlarga ham
14:14 / 07.04.2024
O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida kollejlar soni keskin kamaydi
14:48 / 08.11.2023