Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hujum boshlashi ortidan Rossiya o‘z harbiylarini Afrindan chiqarmoqda
Rossiyaning Suriyadagi harbiy qo‘mondonligi Turkiya hujum boshlagan Afrindagi harbiy xizmatchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida ularni hududdan olib chiqa boshladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi «provakatsiyalardan va rossiyalik harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘iga ehtimoliy tahdidlardan qochish» maqsadida Afrindagi harbiylarni Tell-Adjarga ko‘chirishga ko‘rsatma bergan.
Rossiyaning bu hududdagi harbiylari sulh doirasida tinch aholiga zarur ko‘maklar ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Bundan avvalroq Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikda «Zaytun novdasi» nomi ostida harbiy operatsiyani amalda boshlagani e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026