Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qobuldagi mehmonxona jangarilardan ozod qilindi
Foto: Reuters
Qobul shimoli-g‘arbidagi tepalikda joylashgan Intercontinental mehmonxonasi jangarilar qo‘lidan ozod qilindi. Afg‘oniston IIV ma'lumotiga ko‘ra, mehmonxonadan 126 kishi ozod qilingan, shundan 41 kishi xorijliklardir.
Ushbu hujum qurbonlari soni kamida 18 kishini tashkil qildi, yana o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar hujum vaqti kelib chiqqan yong‘inni o‘chirishmoqda.
To‘y marosimi o‘tkazilayotgan mehmonxonaga bir guruh jangarilar hujum qilib, odamlar garovga olingach, hududga maxsus bo‘linmalar yetib kelib, qutqaruv amaliyoti boshlashdi. 10 soat davom etgan amaliyotdan keyin barcha jangarilar yo‘q qilingan.
Intercontinental Hotel mehmonxonasiga 2011 yilda ham hujum qilingan, 9 kishidan iborat jangarilar hujumi oqibatida mehmonxonaning 12 nafar mijozi o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid
08:48 / 19.09.2025
Kobulda O‘zbekiston ishtirokida savdo va logistika korxonasi tashkil etildi
19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi
16:13 / 24.03.2025
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi
09:12 / 06.03.2025