Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neftga bo‘lgan talab slanets qazib olish ko‘rsatkichlari o‘sishini qoplaydi
Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov
AQShdagi slanets neftini qazib olish ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etadi, biroq "qora oltin"ga bo‘lgan talabning oshishi bu o‘sishni kompensatsiya qiladi. Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid Al-Falih shunday bayonot berdi.
"Slanets neftini qazib olish ko‘rsatkichlari o‘sadi, biroq bu bozor katta va o‘ylaymanki, buni qoplovchi omillar bo‘ladi. Masalan, slanets qazib olish ko‘rsatkichlari o‘sishini qoplovchi talabning oshishi, - dedi Al-Falih. - Biz slanets nefti - bozorning bir qismi ekanini tan olishimiz kerak".
OPEC va uning tarkibiga kirmaydigan qator mamlakatlar (OPEC+) 2016 yilning oxirida Venada neft qazib olishni 2016 yil oktabr darajasidan sutkasiga 1,8 million barrelga qisqartirishga kelishib olishgandi. 2017 yilning noyabrida kelishuv ishtirokchilari uni 2018 yilgacha uzaytirishdi. OPEC'ning keyingi sammiti 2018 yilning 22 iyunida Venada bo‘lib o‘tadi. Kelishuvga rioya qilishni nazorat qilish va uni tuzatishga doir tegishli tavsiyalar ishlab chiqarish uchun ikki oyda bir yig‘iluvchi vazirlar monitoring qo‘mitasi tuzildi. Unga Saudiya Arabistoni, Venesuela, Kuvayt, Jazoir, Ummon va Rossiya vakillari kiradi. Bugun, yakshanba kuni Ummonda monitoring qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:23
Maxfiy uchrashuv: Uitkoff Rizo Pahlaviy bilan Erondagi namoyishlarni muhokama qildi
22:32 / 13.01.2026
AQSh Kongressiga Grenlandiyani qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
17:05 / 13.01.2026
AQShda Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauellga nisbatan tergov boshlandi
13:02 / 13.01.2026