Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyaga Suriya bilan chegarada “xavfsizlik hududi”ni yaratishni taklif qilmoqchi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson AQSh Turkiyaga hozirda harbiy harakatlar olib borilayotgan Suriya bilan chegarada “xavfsizlik hududi”ni yaratishni taklif qilishga tayyor. Tillerson bu haqda jurnalistlarga Parijga safari vaqtida ma'lum qildi.
Tillerson Vashington vaziyatni qanday barqarorlashtirish va Turkiyaning Suriya bilan chegarada xavfsizlik masalalari bo‘yicha istaklarini qanday qondirish mumkinligini bilish uchun Anqara bilan muzokaralar olib borayotganini ta'kidlab o‘tgan. Bunga javoban Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdag AQSh terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi kerakligini aytgan.
Reuters axborot agentligining xabar qilishicha, Turkiya ekstremistlar hududdan ketishlari bilanoq quruqlikdagi operatsiyani to‘xtatadi. Bo‘zdag xalqaro hamjamiyat Anqaraning Suriyaning Afrinidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytgan.
Turkiya hukumati 20 yanvarda Suriya shimolidagi Afrin shahrida harbiy operatsiya boshladi. Operatsiyadan maqsad Turkiya tomondan terrorchilik tashkilotlari deb tan olingan kurdlarning qurollangan otryadlarini yo‘q qilishdan iborat.
Mavzuga oid
22:39
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26