Jahon | 23:05 / 22.01.2018
3655
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda barcha uylar yong‘in signalizatsiya tizimi bilan ta'minlanadi

BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmatlari amirlikdagi barcha uylarda yong‘in signalizatsiya tizimlarini o‘rnatishlarini ma'lum qildi.

Bundan avval Amirlikning Fujayra shahridagi xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘lgani va buning natijasida bir oilaning 7 nafar farzandi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

"Biz BAA fuqarolik mudofaa xizmatlariga barcha uylarini zarur yong‘in tizimlari bilan ta'minlash to‘g‘risida  ko‘rsatma berdik. Tizim uylarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik mudofaasi bilan birlashtiradi. Hukumat yetarlicha mablag‘i bo‘lmagan kishilarning uylariga tizimlarni o‘rnatish xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi", - deb yozadi shayx Muhammad o‘zining Twitter sahifasida. 

13 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar bolaning hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in dushanba kuni ertalab sodir bo‘lgan. Fuqarolik mudofaa xizmatiga uydagi tutun hididan uyg‘ongan onadan qo‘ng‘iroq kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea ro‘y bergan joyga yetib borishganida bolalar hayotdan ko‘z yumib bo‘lgandi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid