Jahon | 19:17 / 22.01.2018
10964
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyadan qachon ketishini aytdi

Foto: AP Photo / Kayhan Ozer

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh davlat departamenti bayonotini tanqid ostiga oldi. Unda Vashington Anqarani Suriyaning Afrinidagi amaliyotni ham ko‘lam, ham muddat jihatidan cheklashga chaqirgan.

"AQSh bizga muddatlar cheklanishi kerakligini aytmoqda. Men shunday savol bermoqdaman: Afg‘onistonda, Iroqda sizning muddatlaringiz yakunlandimi? Sizlar hozirgacha o‘sha yerdasiz. Biz u yerdagi ishimiz yakunlanishi, maqsadlarga yetishishimiz bilan – amaliyot tugaydi va biz chiqib ketamiz. Biz o‘zgalarning yeriga ko‘z olaytirmaymiz", - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an Anqarada chiqish qilib

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya kurdlarga emas, balki terrorchilik yo‘lagi tashkil etilishiga qarshi kurashmoqda.

"Suriya shimolidan bizga bir necha yil davomida fitnalar uyushtirilmoqda. Bugun bizda Xatayda raketa zarbasidan halok bo‘lganlar bor. Bu javobsiz qolmaydi, ular yuqori narx to‘laydi, biz qat'iy kirishganmiz. Afrindan bir qadam ham chekinmaymiz", - deya aytib o‘tdi Turkiya prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid