Jahon | 11:46 / 22.01.2018
7540
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy qirg‘oqlaridagi neft dog‘i bir haftada 3 barobarga kattalashdi

Foto: Reuters

XXR qirg‘oqlarida Eron tankeri Sharqiy-Xitoy dengizida cho‘kib ketganidan so‘ng suv yuzasida paydo bo‘lgan neft dog‘i bir hafta ichida uch barobarga kattalashdi. Bu haqda Xitoy Davlat okeanologiya boshqarmasi xabarida aytiladi.

Eron kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va Panama bayrog‘i ostida harakatlangan, 136 ming tonna gaz kondensatini olib ketayotgan SANCHI tankeri Xitoy qirg‘oqlari yaqinida CF CRYSTAL Hongkong quruq yuk tashuvchi kemasi bilan 6 yanvar kuni kechqurun to‘qnashib ketgandi. Bir hafta o‘tib, 14 yanvarda, tanker bortdagi navbatdagi portlashdan keyin cho‘kib ketdi. Falokatdan so‘ng Sharqiy-Xitoy dengizida neft dog‘lari paydo bo‘ldi, ular, ekologlarning taxminicha, bu tumandagi dengiz ekotizimiga katta ziyon yetkazishi mumkin.

Sun'iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarga ko‘ra, hodisa yuz bergan tumandagi suv yuzasida umumiy maydoni 332 kvadrat kilometr bo‘lgan uchta neft dog‘i qayd etilgan, o‘tgan haftada esa ularning maydoni atigi 109 kvadrat kilometrga teng edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid