Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI kengashi ofshorlar «qora ro‘yxati»dan 8 davlatni chiqardi
Foto: RIA "Novosti"
Yevropa ittifoqi kengashi ofshorlarning “qora ro‘yxatidan” sakkiz davlatni chiqardi. Bu haqda idora saytida xabar berilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ro‘yxatdan Barbados, Grenada, Makao, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Panama, Koreya Respublikasi va Tunis chiqarib tashlangan.
«Kengash ro‘yxatdan chiqarib tashlashda, bu mamlakatlar tomonidan YeI aniqlagan kamchiliklarni yo‘q qilish bo‘yicha olgan majburiyatlari ekspertlik xulosasi hisobga olingan holda bo‘lganiga rozilik bildirdi», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Reuters Yevroittifoqda ofshorlarning «qora ro‘yxati»dan sakkiz davlatni chiqarib tashlash taklifi ilgari surilgani haqida xabar bergandi. Shuningdek, Bahraynni chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqilgan, biroq yakunda bu mamlakatni «soliqqa tortmaydigan» davlatlar ro‘yxatida qoldirish haqida tavsiya berilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
19:38 / 08.06.2024