Yevroittifoqda ofşorlarning «qora röyxati»dan sakkiz davlatni çiqarib taşlaş taklifi ilgari surildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik ma'lumotiga köra, röyxatdan Panama, BAA, Janubiy Koreya, Barbados, Grenada, Makao, Möğuliston va Tunis çiqarib taşlanişi mumkin. Şuningdek, Bahraynni çiqariş masalasi ham körib çiqilgan, biroq yakunda bu mamlakatni «soliqqa tortmaydigan» davlatlar röyxatida qoldiriş haqida tavsiya berilgan.
Ta'kidlanişiça, röyxatni qayta körib çiqiş YeI elçilarining çorşanba, 16 yanvar kungi uçraşuvida muhokama qilinadi hamda Yevroittifoq moliya vazirlari tomonidan keyinroq tasdiqlanişi mumkin.

















