Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Belarusga javob qaytardi
Foto: Ca-news
Qozog‘iston Belarus tashqi ishlar vazirining tanqidiga javob qaytardi. U prezident Nursulton Nazarboyevning Ukraina bo‘yicha muzokaralarni Minskdan Ostonaga ko‘chirish borasidagi tashabbusi ustidan kulgandi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yerjan Ashikbayevning aytishicha, Qozog‘iston “Minsk maydonchasi muhimligini shubha ostiga qo‘ymaydi” va Ukrainadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha Minsk kelishuvlarini hurmat qiladi.
“Biz Minsk jarayoniga aralashayotganimiz yo‘q, - dedi Ashikbayev. – Biroq, Qozog‘iston to‘g‘ri yechimni topish ishlarini har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor”. Uning xabar berishicha, agarda mojaroning barcha tomonlari Qozog‘istonga murojaat etishga qaror qilishsa, Ostona buni “tegishli tarzda” ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Qozog‘iston yetakchisining avval Minskda o‘tkazilgan Ukraina bo‘yicha tinch muzokaralarni Ostonaga ko‘chirish haqidagi taklifi ustidan kulib, uni tanqid ostiga olgandi. Makeyning o‘z bayonotida aytishicha, muzokaralarni yangi joyga o‘tkazish hech narsani o‘zgartirmaydi.
Mavzuga oid
16:31 / 16.02.2026
Klichko: Ukraina mustaqilligi hali ham ochiq masala
13:42 / 16.02.2026
Ishinger: Ukrainadagi urushning natijasi Yevropa kelajagini belgilaydi
12:27 / 16.02.2026
“Rossiya har 1 kilometr yerga 156 askarning jonini tikmoqda” – Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
09:29 / 16.02.2026