Belarus taşqi işlar vaziri Vladimir Makey Qozoğiston yetakçisining avval Minskda ötkazilgan Ukraina böyiça tinç muzokaralarni Ostonaga köçiriş haqidagi taklifi ustidan kuldi va uni tanqid ostiga oldi. Makeyning öz bayonotida aytişiça, muzokaralarni yangi joyga ötkaziş heç narsani özgartirmaydi.

«Ukraina böyiça muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topişiga işonsangiz, uni hattoki Antarktidaga ham köçiriş mumkin», - deya aytib ötdi Makey. Uning ma'lum qilişiça, Belarus, boşqalardan farqli ravişda, «özini tinçlikparvar sifatida körsatişga şoşilmaydi».

Kreml bayonotida esa aytilişiça, 2015 yilda erişilgan Minsk kelişuvlariga rioya qiliş, Ukrainadagi mojaroga yeçim topiş böyiça muzokaralar joyidan köra muhimroqdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQŞ rahbari Donald Tramp Donbassdagi mojaroga yeçim topiş böyiça muzokaralarni Minskdan boşqa şaharga köçirişni taklif qilgani haqida ma'lum qilgandi. Nazarboyev Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengaşining yiğilişi yakunlari böyiça matbuot anjumanida şunday bayonot bilan çiqdi. «Biz «Minsk-1» töxtab qolgani, boşi berk köçaga kirib qolgani, «Minsk-2» kerakligi haqida gaplaşdik. U şunday dedi: «Keling, boşqa joyga köçiramiz». Men esa: «Mayli» dedim», - deya aytib ötdi Qozoğiston rahbari.