Qozoğiston Belarus taşqi işlar vazirining tanqidiga javob qaytardi. U prezident Nursulton Nazarboyevning Ukraina böyiça muzokaralarni Minskdan Ostonaga köçiriş borasidagi taşabbusi ustidan kulgandi.

Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Yerjan Aşikbayevning aytişiça, Qozoğiston “Minsk maydonçasi muhimligini şubha ostiga qöymaydi” va Ukrainadagi vaziyatga yeçim topiş böyiça Minsk kelişuvlarini hurmat qiladi.

“Biz Minsk jarayoniga aralaşayotganimiz yöq, - dedi Aşikbayev. – Biroq, Qozoğiston töğri yeçimni topiş işlarini har doim qöllab-quvvatlaşga tayyor”. Uning xabar berişiça, agarda mojaroning barça tomonlari Qozoğistonga murojaat etişga qaror qilişsa, Ostona buni “tegişli tarzda” körib çiqadi.

Eslatib ötamiz, Belarus taşqi işlar vaziri Vladimir Makey Qozoğiston yetakçisining avval Minskda ötkazilgan Ukraina böyiça tinç muzokaralarni Ostonaga köçiriş haqidagi taklifi ustidan kulib, uni tanqid ostiga olgandi. Makeyning öz bayonotida aytişiça, muzokaralarni yangi joyga ötkaziş heç narsani özgartirmaydi.