Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB rahbari KXDRning AQShga ehtimoliy zarbasi muddati haqida gapirdi
Foto: AFP
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo CBS telekanali efirida Shimoliy Koreya tomonidan Qo‘shma Shtatlarga yadro zarbasi bir necha oy ichida berilishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.
«Bir necha oy... Ayni damda AQSh hukumati bu muddatni uzoqlashtirish ustida jiddiy ish olib bormoqda», - degan Pompeo KXDR yetakchisi Kim Chen Inga tegishli yadroviy salohiyatni to‘plab olish uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytarib.
Uning qayd etishicha, Shimoliy Koreya yadro dasturi rivojlanishda davom etmoqda hamda yanada kuchaymoqda.
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar hukumati Janubiy Koreya vakillariga Vashington KXDR tomonidan tajovuzkorlik yuz beradigan bo‘lsa, harbiy kuchni qo‘llashga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:11
Zelenskiy: RF va AQSh bilan yangi muzokaralar BAAda o‘tishi mumkin
08:40
Jyenevada Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
19:11 / 26.02.2026
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
18:57 / 26.02.2026