Oddiy qon tahlili saratonning bir necha turini aniqlaydi
Amerika va avstraliyalik tadqiqotchilar eng keng tarqalgan 10 saraton turidan 8 tasini tashxislash imkonini beruvchi yangi testni ishlab chiqishdi. Olimlar bu hodisani sohadagi "haqiqiy yutuq" deb atashdi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida taqdim etildi.
Qon tahlillari bo‘yicha tashxis qo‘yish bilan bog‘liq yangi usulning ilk sinovlarida bunga qadar erta bosqichdagi saraton kasalligi aniqlangan mingdan ziyod kishi ishtirok etdi.
Yangi texnologiya CancerSEEK nomini olgan. Uning sharofati bilan qizilo‘ngach, jigar ichagi, oshqozon, oshqozon osti bezi, tuxumdonlar, shu bilan birga, o‘pkada biopsiyasiz onkologiyani tasdiqlashning uddasidan chiqildi.
Tadqiqotchilar qonning DNK-tahlilini kengaytirish, shuningdek oqsil markerlari testi evaziga shunday natijaga erishishdi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiyalarning eng asosiy afzalliklaridan biri noto‘g‘ri natijalarning deyarli yo‘qligi hisoblanadi.
"Bu odamlarga kuchli psixologik bosim o‘tkazuvchi va qo‘shimcha qimmatbaho diagnostik jarayonlarga sabab bo‘luvchi xatolarni chetlab o‘tish imkonini beradi", - deydi avstraliyalik onkolog.
Sinovlar 800 nafar sog‘lom ko‘ngillida o‘tkazildi. Atigi 1 foizdan kamroq natija xato bo‘lib chiqdi.
Ta'kidlanishicha, yangi texnologiya sinovlari davom etadi, biroq ikki yildan keyin davolovchi shifokorlar ham uni qo‘llay boshlashlari mumkin bo‘ladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bunday qon tahlili 500 dollarga tushadi.
Mavzuga oid
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024