Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi 3 ta YTHda 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Toshkent viloyatining 3 tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, 20 yanvar kuni soat 8:30larda Yuqorichirchiq tumanida O.Y. o‘ziga tegishli «Kobalt» rusumli avtomashinasini “Bardanko‘l-Jumabozor-Qiziltog‘” avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotganida, velosipedda harakatlanayotgan, Yuqorichirchiq tumani, Do‘stlik mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r A.K.ni urib yuborgan. Oqibatda ayol kishi «bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh miyaga qon quyilishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay A.K. olgan tan jarohatidan soat 17.00 larda tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Ikkinchi avtohalokat Bo‘ka tumanida 21 yanvar kuni soat 05:30 larda ro‘y bergan. Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.I. ishonch qog‘ozisiz Ch.Yu.ga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani «Guliston-Bo‘ka-Ohangaron» avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. Oqibatda avtomashina haydovchisi M.I. kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchisi M.A. «BMYoJ, BMCh, chap qo‘l yelka suyagini yopiq sinishi, peshona yuz sohasi shilingan jarohati va travmatik shok 2-darajali» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
21 yanvar kuni Qibray tumanida soat 00:45 larda sodir bo‘lgan. Qibray tumanida yashovchi nafaqaxo‘r T.Sh. o‘g‘li A.Sh.ga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani «Toshkent-Seleksiya-O‘nqo‘rg‘on» avtomobil yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotganda, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan piyoda M.S.ni urib yuborgan. Natijada piyoda M.S. «bosh miya lat yeyishi, o‘ng boldir suyaklarini yuqori uchligidan sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay piyoda M.S. 21 yanvar kuni soat 11:00 da vafot etgan.
Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha tegishli tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limlari tomonidan O‘zR JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:38 / 24.01.2026
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
11:31 / 20.01.2026