Jahon | 19:40 / 24.01.2018
21083
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Rossiyaga AQShga qarshi turuvchi ittifoq tuzishni taklif qildi

Foto: Shutterstock

Eron, Rossiya va Suriya AQShga qarshi turuvchi koalitsiyaga birlashishlari mumkin bo‘lardi. Bu haqda Eron oliy yetakchisi, oyatulloh Ali Hamaneiyning yordamchisi, general-mayor Yahyo Rahim Safoviy aytib o‘tdi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, Safoviy bu ittifoqqa Pokiston va Iroqni ham qo‘shishni taklif qilgan.

Safoviyning aytishicha, Vashington siyosiy, iqtisodiy va harbiy manfaatlarga ega bo‘lish maqsadida “mintaqada ixtiloflar o‘chog‘ini” saqlab qolishga urinmoqda. Uning ta'kidlashicha, AQSh “30 ming kishidan iborat tashkilot” bilan kurdlarning muxtor viloyatini tashkil etishga harakat qilmoqda. Safoviy Vashingtonni xalqaro huquq me'yorlari va davlatlarning hududiy yaxlitligini buzishda aybladi.

Eron Rossiya va Turkiya bilan Suriyadagi ixtilofning tinchlik bilan hal qilinishida kafil davlatlar hisoblanadi.

Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar hokimiyatga Donald Tramp kelgandan keyin keskinlashib ketdi. Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy dasturni bekor qilish bilan tahdid qilib keladi. O‘z navbatida Hamaneiy AQShni Eronning bosh dushmani deb ataydi.

Mavzuga oid