Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bosh prokurori avtobuslar bo‘yicha topshiriq berdi
Foto: Sputnik
Qozog‘iston bosh prokurori Qayrat Kojamjarov yo‘lovchi tashish sohasida tekshiruvlar o‘tkazish haqida topshiriq berdi.
Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muntazam bo‘lmagan yo‘lovchi avtotashuvlari sohasidagi tahlil bunda tizimli qoidabuzarliklar kuzatilishidan darak bermoqda.
Yo‘lovchilarni tashish texnik nosoz va noqonuniy ravishda o‘zgartirilgan avtobuslarda, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, yo‘l harakati, yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgan holda amalga oshirilmoqda.
«Bu fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i uchun ortga qaytarib bo‘lmas oqibatlarni keltirib chiqarmoqda – yo‘lovchi avtotransporti bilan yuz beruvchi hodisalar odamlarning umriga zomin bo‘lmoqda», - deya ta'kidlab o‘tilgan prokuraturadan.
Mahkama rahbari Bosh transport prokuraturasi va viloyatlar prokurorlariga ushbu sohada tekshiruvlar o‘tkazish haqida ko‘rsatma bergan.
Avvalroq, 18 yanvar kuni Aqto‘beda ichidagi 52 o‘zbekistonlik bilan yonib ketgan «Setra» avtobusi 2,5 yildan buyon texnik ko‘rikdan o‘tmagani ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, uning egasi Orduxan Mextiyevda yo‘lovchi tashish uchun litsenziya bo‘lmagan.
Mavzuga oid
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
12:13 / 21.01.2026