Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Erdo‘g‘an bilan muloqot qildi
Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov
Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin telefon orqali Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi operatsiyasini va Suriya bo‘yicha Sochida 29-30 yanvarda o‘tadigan milliy muloqot bo‘yicha kongressga tayyorgarlikni muhokama qilishdi.
“Erdo‘g‘an telefon orqali Putin bilan Afrindagi operatsiyani muhokama qildi va u Turkiyaning milliy xavfsizligini ta'minlash hamda Afrinni PYD (“Demokratik ittifoq" kurd partiyasi), YPG (kurdlarning mudofaa kuchlari) va IShID terrorchilik tashkilotlaridan ozod qilish, uning Suriyaning hududiy yaxlitligi va siyosiy birdamlik nuqtai nazaridan muhimligini muhokama qilishdi. Erdo‘g‘an Suriya bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikdagi ishga katta ahamiyat berishini ta'kidlab o‘tdi. Ikki yetakchi Sochida Suriya bo‘yicha kongress muvaffaqiyatli o‘tishi va Suriyadagi vaziyatni siyosiy hal qilishga yo‘l ochib berishi uchun uni o‘tkazishda birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirishga qat'iyliklarini tasdiqlashdi”, deb ma'lum qilgan manba.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026