Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni korrupsiyaga qarshi kampaniya bo‘yicha muhim bayonot berdi
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiya bilan kurash bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya yakunlangani haqida ma'lum qildi, uning davomida shahzodalar, sobiq vazirlar va tadbirkorlar qo‘lga olindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, davlat tomonidan hukumatga yetkazilgan zararni qoplab berish bo‘yicha ba'zi aktivlar va mulkni topshirish bo‘yicha taklif etilgan kelishuvga qamoqqa olingan aksariyat shaxslar rozi bo‘lgan. Sudga qadar yechim topishdan voz kechgan 95 kishining ishi prokuraturaga topshirildi, ular sud oldida javob beradi. Muqobil variantga rozi bo‘lmaganlar nomi oshkor etilmayapti.
Arab OAV xabariga ko‘ra, uch oy davomida o‘nlab yuqori mansabli saudiyaliklar uchun “qamoqqa” aylangan Ritz-Carlton mehmonxonasi 14 fevraldan o‘z ishini tiklaydi.
Noyabr boshida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi Korrupsiya bilan kurash bo‘yicha oliy qo‘mita podshohlik oilasining o‘nlab a'zolari, davlat xizmatchilari va tadbirkorlarni qamoqqa olib, ularni moliyaviy hamda lavozim jinoyatlarida aybladi. Hammasi bo‘lib 300 dan ortiq kishi so‘roq qilindi.
Mavzuga oid
18:07 / 05.04.2026
Umraga borgan 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytolmayapti
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026