«Faqat men tufayli!» - Tramp AQSh iqtisodiyoti o‘sayotganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, mamlakatda jiddiy iqtisodiy o‘sish sur'atlari kuzatilmoqda va bu uning harakatlari natijasida ro‘y berdi.
Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Yaqinda biz Davosda chiqish qilamiz, bu Amerika yana buyuk bo‘layotganini aytish maqsadida qilinadi. Bizning iqtisodiyot rivojlanmoqda hamda mening harakatlarim tufayli faqat yanada yaxshilanmoqda... Bizning mamlakat yana g‘alaba qozonmoqda!», - deya yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Davosda kimlar bilan uchrashishi va nimalarni muhokama qilishi ma'lum bo‘lgandi. U Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster xabar qilgan.
Mavzuga oid
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
20:53 / 11.10.2024