Jahon | 14:20 / 25.01.2018
5573
1 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey Xitoyga «tarixiy» tashrif bilan boradi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Xitoyga 31 yanvar – 2 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda RIA Novosti XXR TIV rasmiy vakili Xua Chuninga tayangan holda xabar qilmoqda.

«Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning taklifiga ko‘ra Xitoyda 31 yanvar – 2 fevral kunlari tashrif bilan bo‘ladi», - deya ma'lum qildi u.

Shu bilan birga, Chuninning qo‘shimcha qilishicha, Meyning tashrifi ikki davlat munosabatlari uchun «tarixiy» bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid