Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda yanvar oyida sovuqdan 15 kishi halok bo‘ldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida yanvar oyi boshidan buyon kuzatilayotgan sovuq harorat tufayli 15 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bergan.
«Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga ko‘ra 1 yanvardan 25 yanvargacha bo‘lgan davrda doimiy turar joyi bo‘lmagan 15 kishi sovuqdan halok bo‘lgan», — deyilgan xabarda.
Qirg‘iziston FVV havo keskin sovishidan ogohlantirgan. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 26—29 yanvar kunlarida ba'zi hududlarda tunda havo harorati -40...-45 darajagacha tushishi, kunduzi -28...-33 darajani tashkil etishi aytilgan.
Bundan avvalroq Qirg‘iziston maktablarida sovuq sababli ta'til e'lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
15:25 / 12.09.2025
Bishkekda zilzila sodir bo‘ldi
20:58 / 19.08.2025