Qirğiziston ta'lim va fan vaziri Gulmira Kudayberdiyevaning Qirğiziston favqulodda vaziyatlar vazirligining havo harorati keskin pasayişi haqidagi rasmiy ogohlantirişiga asoslanib, bolalarning soğliğini saqlaş maqsadida çiqargan buyruğiga köra mamlakatdagi barça maktablarda 26 yanvardan 30 yanvargaça ta'lim jarayoni töxtatiladi.    

Ma'lum qilinişiça, 5 kunlik maktablarda 26, 29 va 30 yanvar, 6 kunlik maktablarda esa 26, 27, 29 va 30 yanvar dam oliş kunlari böladi.

Vazirlikda ta'kidlanişiça, qolib ketgan darslar 5 kunlik maktablar uçun şanba kuni, 6 kunlik maktablar uçun esa bahorgi ta'tillar hisobidan tölğaziladi.