Sport | 08:10 / 26.01.2018
11134
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda boks bo‘yicha xalqaro musobaqa, O‘zbekiston to‘liq tarkib bilan qatnashadi

28 yanvardan 1 fevralga qadar Hindistonda boks bo‘yicha India Open xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga dunyoning yetakchi terma jamoalari tashrif buyurishadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham. 

Joriy yilgi xalqaro musobaqalarga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib beruvchi ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi:

46-49 kg: Mironshoh Ibragimov;

52 kg: Xudoynazar Fayzov;

56 kg: Abdulxay Shorahmatov;

60 kg: Sherbek Raxmatullayev;

64 kg: Iqboljon Xoldorov;

69 kg: Bobousmon Boturov;

75 kg: Isroil Madrimov;

91 kg: Sanjar Tursunov;

+91 kg: Bahodir Jalolov;

+91 kg: Lazizbek Mullajonov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid