Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrasalar bitiruvchilarining boshqa sohalarga ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim – Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin madrasalar bitiruvchilariga mos ish taklif qilib, ularning boshqa sohalarga ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini aytdi.
“Madrasalar bitiruvchilari boshqa sohalarga o‘tib ketmasliklari, kerakli joyga borib ishlashlari lozim”, deb aytgan Putin Tataristonning sobiq prezidenti Mintimer Shaymiyev bilan uchrashuv vaqtida.
Putin va Tataristonning amaldagi rahbari Rustam Minnixanov shifoxonada davolanayotgan Shaymiyevni yo‘qlashdi.
Putin, shuningdek, islom ta'lim muassasalarining rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tdi. Shaymiyevning aytishicha, ularda magistratura ham, aspirantura ham bor, talabalar to‘laqonli oliy ma'lumot olishlari mumkin. “Qalb quvnaydi. Hammasi biz rejalashtirgandek ketmoqda: yaxshi kadrlar paydo bo‘lmoqda. Albatta, bu loyihani yanada kengaytirish haqida o‘ylab ko‘ramiz”, deb aytgan Putin.
Putin, shuningdek, 24 yanvarda Rossiya musulmonlari markazlashtirilgan diniy tashkilotlari muftiylari va Bolgar islom akademiyasi rahbarlari bilan uchrashgan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026