Jahon | 13:30 / 26.01.2018
6622
2 daqiqa o‘qiladi

Oydagi hayotni takrorlovchi kabinada qolish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Foto: RIA Novosti / Said Tsarnayev

Oydagi hayot simulyatsiyasi bo‘yicha bir yillik tajribaning ikkinchi – 200 kunligi Pekindagi ixtisoslashtirilgan laboratoriyada muvaffaqiyatli yakunlandi. To‘rt nafar ko‘ngilli talaba yopiq kabinada bo‘lish vaqti bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, avvalgi rekord SSSRdan bo‘lgan uch kishilik guruhga tegishli bo‘lib, ular yopiq holdagi bo‘shliqda 180 kun davomida qolishgan. Tajriba o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida o‘tkazilgan.

Juma kuni Xitoy oy dasturini amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarligi doirasida loyihaning 105 kunlik yakuniy bosqichi start oldi. Unda birinchi 60 kunlikda qatnashgan ko‘ngillilar guruhi ishtirok etadi.

Tajriba Xitoyning Beyxan davlat texnik universitetida joylashgan "Yuegun-1" ("Oy saroyi-1") laboratoriyasida o‘tkazilmoqda. U 160 kvadrat metrlik yopiq kabina ko‘rinishiga ega. Bu hayot ta'minotining bioregenerativ bazasiga ega Xitoydagi birinchi, jahondagi uchinchi laboratoriyadir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid