Tojikistonda bank xodimlariga nisbatan 300 dan ortiq jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi
Tojikiston bank xodimlariga nisbatan 300 dan ortiq jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan, ular lavozim vakolatlarini suiiste'mol qilish, depozitlarni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Yusuf Rahmon matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida banklarga qoplanmagan kreditlardan 153 mln dollar ko‘chmas mulk va pul mablag‘lari ko‘rinishida qaytarilgan. Bu mablag‘lar aholi depozitlari hamda omonatlarini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, Tojikiston bank sohasida 2 yildan beri murakkab vaziyat kuzatilmoqda. Respublikaning to‘rt bankida inqiroz yuz bergan - «Tojiksodirotbank», «Agroivestbank», «Fononbank» va «Tojprombank»da. Natijada, ikki bank - «Tojprombank» hamda «Fononbank» bankrot bo‘ldi, ayni damda ularni tugatish jarayoni davom etmoqda.
«Tojiksodirotbank» va «Agroinvestbank» bankrotlik yoqasida bo‘lgan, biroq hukumat ularni qutqarib qolgan.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
13:58 / 25.10.2024