Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng mashhur sayt aniqlandi
Jahondagi eng mashhur saytga google.com qidiruv tizimi aylandi. Bu haqda Similar Web tahlil kompaniyasi hisobotida aytiladi.
Ta'kidlanishicha, saytlarni baholashda unikal foydalanuvchilar soni hisobga olindi. Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalardan kirishlar ham alohida hisoblandi.
Natijada jahondagi eng ommabop sayt google.com’ning unikal foydalanuvchilari soni – 26 milliard 697 million kishi – Yer aholisidan ham ko‘pligi aniqlandi.
Masalan, 2017 yilning dekabrida resursga 733,6 million foydalanuvchi shaxsiy kompyuterlardan, 1,5 milliard kishi esa gadjyetlardan kirgan.
Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – Google’ga tegishli bo‘lgan YouTube video-servisi. Unga 22,9 milliard foydalanuvchi kirgan. Uchinchi pog‘onada – Facebook ijtimoiy tarmog‘i (21,9 milliard).
Keyingi o‘rinlardan «Vikipediya», Yahoo, Twitter, Xitoyning Baidu qidiruv tizimi va Instagram joy olgan.
Mavzuga oid
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
19:25 / 20.05.2026