Jahon | 12:00 / 27.01.2018
9769
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda avtobus daryoga quladi, qurbonlar ko‘p

Foto: Global Look Press

Hindistonning Maxarashtra shtatida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 13 kishi, jumladan yetti nafar bola halok bo‘ldi. Yana ikki kishi og‘ir jarohatlandi, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali.

Hodisa Kolhapur okrugida 27 yanvarga o‘tar kechasi yuz bergan. Ichida 16 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus haydovchisi ko‘prikdan o‘tayotgan chog‘da boshqaruvni yo‘qotgan hamda transport vositasi Panchaganga daryosiga qulagan.

Voqea joyida politsiya va tezkor xizmatlar xodimlari ishlamoqda, avariya sabablari aniqlashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid