O‘zbekiston | 15:50 / 28.01.2018
18051
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: Reuters

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga Kobul shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

27 yanvar kuni Kobul shahri markazida «Tolibon» jangarisi boshqaruvidagi avtomobil portlatishi oqibatida 100dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 200dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid