Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Chexiya prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga uning Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi ma'suliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Chexiya xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi», deyilgan xabarga.
Chexiyada 27 yanvarda yakunlangan prezident saylovlarida Chexiyaning amaldagi prezidenti Milosh Zeman g‘olib bo‘ldi va ikkinchi muddatga saylandi. Zeman 52,94 foiz ovoz to‘plagan, uning asosiy raqibi – Chexiya fanlar akademiyasining sobiq rahbari Irji Dragoshga 45,07 foiz ovoz berilgan. Saylovlardagi davomat 66,17 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024