Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo davlatlarining innovatsiyalar indeksi e'lon qilindi
Foto: SeongJoon Cho/Bloomberg
Bloomberg nashri dunyo davlatlarining an'anaviy innovatsiyalar indeksini chop etdi. Reytingda ilmiy-tadqiqot faoliyati rivojlanishi, oliy ta'lim samaradorligi, patentlar miqdori, mamlakatda ishlab chiqariluvchi innovatsion mahsulotlar hisobga olinadi.
Reytingning birinchi pog‘onasini 5 yildan beri Janubiy Koreya egallab kelmoqda. Ushbu davlat patent faolligi ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, 2000-yillarda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi AQShda IBM’dan tashqari, boshqa istalgan kompaniyadan ko‘proq patent olgan.
2-o‘rinda o‘tgan yildagidek Shvetsiya joylashdi, 3-o‘rinni Singapur egalladi. Singapur Germaniya, Shveytsariya va Finlyandiyani birinchi navbatda oliy ta'limning yuqori samaradorligi va ommabopligi hisobiga ortda qoldirgan.
AQSh 11-o‘ringa tushib ketib, 6 yil ichida ilk bor yuqori o‘ntalikni tark etdi. Bunga mamlakatda oliy ta'lim samaradorligi pasaygani sabab bo‘lgan. Xitoy 2 o‘ringa yuqorilab, 19-o‘rinni egallagan. Rossiya esa bir o‘ringa – 26-o‘rindan 25-o‘ringa ko‘tarildi.
Mavzuga oid
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026