Jahon | 07:43 / 29.01.2018
3356
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyadagi saylovlarda amaldagi prezident g‘olib bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Finlyandiyaning amaldagi prezidenti Sauli Niiniste mamlakat prezidenti saylovlarida 62,7 foiz to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda 28 yanvarda mamlakatning adliya vazirligi ma'lum qildi.    

“Sauli Niiniste 62,7 foiz, qolgan nomzodlar 15 foizdan kamroq ovoz to‘pladi”, deb aytilgan xabarda.

“O‘zingni ajoyib davlatning prezidenti deb his qilish ajoyibdir. Bizning davlat go‘zal va biz u go‘zal bo‘lib qolishi uchun qayg‘uramiz. Biz davlatimiz ochiq bo‘lib qolishiga qayg‘uramiz. Biz boshqalar fikriga quloq tutamiz. Bizning kuch shunda. O‘zgalarga quloq tuting. Biz eng barqaror davlat hisoblanamiz va bu juda qimmatlidir”, deb aytgan  Niiniste o‘z tarafdorlariga murojaatida.

Avvalroq Niiniste dastlabki ma'lumotlar e'lon qilingandan keyin saylovchilar ishonchi va ularning chaqiriqlari javobsiz qolmasligini, Finlyandiya aholisi unga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovdan ta'sirlanganini aytib, ularga minnatdorlik bildirgan.  

Niiniste 2012 yildan beri Finlyandiyani boshqarib keladi.

Saylovlarning yakuniy natijalari 30 yanvarda rasman ma'lum qilinadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid