Jahon | 11:45 / 29.01.2018
8848
1 daqiqa o‘qiladi
KXDRda 81 mingdan ortiq inson «cho‘chqa grippi» bilan kasallandi
KXDRda 81 mingdan ortiq kishi H1N1 virusi – «cho‘chqa grippi» bilan kasallangan. To‘rt kishi ushbu xastalik tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatiga tayangan holda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2017 yilning 1 dekabridan beri cho‘chqa grippi bilan kasallanganlikka gumon paydo bo‘lgan qariyb 130 ming holat qayd etilgan, ulardan 80 mingdan ortig‘i tasdiqlandi. Hayotdan ko‘z yumganlar orasida – uch nafar bola va bir nafar yoshi katta inson.
Kasallanganlarning deyarli yarmi – bolalar (24,5%) va o‘smirlar (22,8%).
Mavzuga oid
18:21
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
20:19 / 13.09.2024
KXDR yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uran boyitiladigan zavod suratlarini e’lon qildi
20:56 / 05.09.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston KXDRni mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichni g‘alaba bilan boshladi
20:38 / 05.09.2024