Jahon | 01:03 / 29.01.2018
4652
1 daqiqa o‘qiladi

Kiprdagi prezident saylovlarining 2-bosqichiga amaldagi prezident chiqdi

Foto: PatrisNews

Kipr Respublikasining amaldagi prezidenti Nikos Anastasiadis mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarining 1-bosqichida g‘alaba qozondi, biroq u mutlaq g‘alabaga erisha olmadi. Bu haqda Kipr saylov komissiyasi ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, Anastasiadis 35,5 foiz ovoz bilan 1-o‘rinni egalladi. Biroq amaldagi prezident mutlaq g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizlik bo‘sag‘adan o‘ta olmagani sabab 2-bosqichda kurashni davom ettiradi.

Anastasiadisning 2-bosqichdagi raqibi, mamlakatning asosiy muxolif partiyasi – Kipr ishchi xalqining taraqqiyot partiyasi tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi nomzod – Stavros Malas bo‘ladi. U 1-bosqichda 30,25 foiz ovoz to‘plagan.

 

Mavzuga oid