Jamiyat | 13:20 / 29.01.2018
22984
2 daqiqa o‘qiladi

Urganchga dron olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi

Foto: Flickr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida» 2014 yil 26 noyabrdagi 322-qaroriga muvofiq, O‘zbekiston hududiga 2015 yilning 1 yanvaridan uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish taqiqlangan.

Faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 maydagi qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Ammo bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan chet elga vaqtincha ishlash yoki safarga borib qaytayotganlarida yaqinlari va farzandlariga bolalar uchun o‘yinchoq sifatida qayd etilgan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparat (dron)larini olib kelish holatlari ko‘paygan, deb xabar bermoqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi.

Masalan, joriy yilning 14 yanvar kuni “Urganch aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg–Urganch” yo‘nalishida Urganch shahriga kelgan fuqaro Z.Sabirov (familiyasi va ismi o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari rentgen apparati orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organi tomonidan ma'muriy ishlar yuritildi va sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid