Jahon | 13:40 / 30.01.2018
11001
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy G‘arbga yashirincha ta'sir o‘tkazmoqchi - MRB rahbari
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Xitoyning G‘arbga yashirin tarzda ta'sir ko‘rsatishga urinishi, xuddi Rossiyaning «qo‘poruvchilik faoliyati» kabi muhim narsadir. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
Pompeoning fikriga ko‘ra, Xitoyda bunday maxfiy harakatlarni amalga oshirish uchun Rossiyadan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar bor.
«Biz AQShdan ma'lumot o‘g‘irlash, AQShga josuslar – Amerikaga qarshi Xitoy hukumatiga ishlaydigan odamlarni jo‘natishga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlarni kuzatmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi MRB rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRB rahbari KXDRning AQShga ehtimoliy zarbasi muddati haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
20:53 / 11.10.2024