AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Mayk Pompeo CBS telekanali efirida Şimoliy Koreya tomonidan Qöşma Ştatlarga yadro zarbasi bir neça oy içida berilişi mumkinligi haqida ma'lum qildi.
«Bir neça oy... Ayni damda AQŞ hukumati bu muddatni uzoqlaştiriş ustida jiddiy iş olib bormoqda», - degan Pompeo KXDR yetakçisi Kim Çen Inga tegişli yadroviy salohiyatni töplab oliş uçun qança vaqt kerak bölişi haqidagi savolga javob qaytarib.
Uning qayd etişiça, Şimoliy Koreya yadro dasturi rivojlanişda davom etmoqda hamda yanada kuçaymoqda.
Avvalroq, Qöşma Ştatlar hukumati Janubiy Koreya vakillariga Vaşington KXDR tomonidan tajovuzkorlik yuz beradigan bölsa, harbiy kuçni qöllaşga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.












